TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #976 2.41K
Yondashmoqmi yoki yondoshmoq?

Yondosh degan soʻz bor. Yonma-yon, bir-biriga bogʻliq, parallel kabi maʼnolarni anglatadi: yondosh qishloq, bir-biriga yondosh.

Yondashmoq esa yonma-yon kelmoq, yaqinlashmoq, maʼlum bir nuqtai nazardan qaramoq degani: yondashib oʻtirmoq, muammoga jiddiy yodashmoq.

Imlo lugʻatida yondoshmoq soʻzi berilmagan. Izohli lugʻatning oldingi nashrlarida yondoshmoq yondashmoqning koʻrinishi sifatida koʻrsatilgan edi. Olti jildda va lotin imlosida bosilgan yangi nashrida bu xato toʻgʻrilanibdi va soʻz yondashmoq shaklida berilibdi. Demak, feʼlning faqatgina yondashmoq varianti toʻgʻri.

❗️ Yonma-yon maʼnosidagi yondosh soʻzini yondash shaklida qoʻllab boʻlmaydi. Feʼl boʻlganda esa ishlatish mumkin (yaxshiga yondash).

📌 Demak:

Yondosh uy ✅
Yondash uy ❌

Yondashmoq ✅
Yondashmoq ❌

Yondashuv ✅
Yondoshuv ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Toshkent viloyatida yondosh ikki shahar bor: Angren va Ohangaron. “Angren” soʻzi “Ohangaron”ning rus tiliga buzib koʻchirilgan shakli ekanini birov bilar, birov bilmas. Ohan – temir, ohangar – temirchi, ohangaron – temirchilar ekani ham odamlarning esidan…
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →