TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #970 1.83K
​Xaltura

Bu soʻz oʻzbek tilida tartibsiz ravishda, yuzaki qilinadigan xom ishni bildiradi. Bizga rus tilidan oʻtgan, asli lotincha chartularium soʻzidan.

Nasroniylar odatiga koʻra, ruhoniy arvohlarga duo qilayotganda oʻqiydigan xotirlash roʻyxati lotinchada shu soʻz bilan atalgan. U rus tiliga oʻzlashgan dastlabki paytlar – XV asrda shu maʼnoda qoʻllangan boʻlsa, XVII asr oxiriga kelib marhumni xotirlash va dafn marosimi maʼnosida ishlatila boshlagan. Keyinroq tekin ovqat maʼnosini kasb etgan. Bunga marosimlarda taom ulashilgani sabab boʻlgan, menimcha.

Xom-xatala, chala ish maʼnosiga esa XX asr birinchi yarmida ega boʻlgan. Fasmer lugʻatida aytilishicha, bu mazmunda dastlab teatr ahli orasida jargon sifatida ishlatilgan. Keyinchalik xalq tiliga koʻchgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 8
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →