TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #961 3.03K
Lozimanda

Soʻzlashuv tilida lozimanda deyiladigan bu soʻzning asli – lozimomada. Arabcha lozim va forscha omada soʻzlaridan yasalgan, lugʻaviy maʼnosi – qilinishi, bajarilishi kerak boʻlgan (narsa) demakdir. Oʻzbekchada ayollar toʻy, tugʻuruq, mehmondorchilik kabi marosimlarga olib boriladigan biror buyum, kiyim-kechak, pishiriq kabi sovgʻalarni anglatadi:

Lozimandani yaxshilab bersangiz, bormasim bormi?
T. Alimov, Sovgʻa.

Bu gap hamroh boʻlgan besh ayolga ham maʼqul tushib, dasturxon tuzab, har qaysisi oʻz lozimomadasini gʻamlab joʻnadi.
“Yodgor”.

👉 Hozir jonli tilda toʻyma-toʻy, marosimma-marosim yuradigan, ishlatilmaydigan buyumlar, kiyilmaydigan kiyimlarga ham lozimanda soʻzi ishlatilyapti:

E, buni hech kim kiymaydi, lozimanda-ku bu!

Qanaqa toʻn kerak sizga, oʻgʻlim, kiyishgami yo lozimandagami?

📖 Izohli lugʻatdan foydalanildi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
More from @oriftolib
  1. Sep 29, 2026Bolalarni oʻqitish – zaruriy yumush. Biroq oʻzimiz ham ulardan oʻrganishimiz gʻoyat foydal…
  2. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  3. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  4. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  5. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  6. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →