TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #923 4.56K
​“Afv” soʻzini toʻgʻri yozishning oson usuli

Garchi soʻzning afv shakli toʻgʻri ekanini bilsak-da, koʻpincha avf deb yozvoramiz (Shu maqolachani tayyorlayotib oʻzim ham bir necha oʻrinda afv oʻrniga avf deb yozvordim 😄). Chunki talaffuzdagi varianti beixtiyor xayolga keladi-da. Qay biri toʻgʻri edi deb ikkilanib qolganingizda lugʻatga qarab olishning hojati yoʻq. Toʻgʻrisini aniqlashning bir oson usuli bor.

Kitobiy uslubda, badiiy tilda kechirmoq maʼnosidagi afu etmoq soʻzi uchraydi. U asosan murojaatda qoʻllanadi:

Afu etgaysiz, bu jihatga vaqtida eʼtibor qaratmabmiz.

Afu eting, bir qoshiq qonimdan keching, ayb mendan oʻtdi.

Podshohimiz aybdorni afu etdilar.

Afv soʻzining bu varianti arab yozuvidagi vov harfini u deb oʻqish natijasida hosil boʻlgan, menimcha. Chunki bu harf v tovushini ham, u tovushini ham ifoda eta oladi. Albatta, qayerda qanday oʻqilishining qonun-qoidalari bor. Afu yanglish oʻqilganga oʻxshaydi. Chunki Navoiy asarlari lugʻatlarida ham uning shu shaklini topib boʻlmadi. Biroq bu koʻrinishda qoʻllash bugungi tilda bor. Yozuvchi balandparvoz uslubni koʻrsatish zarurati tugʻilganda afvdan emas, afudan foydalanadi.

❗️ Garchi tilimizda ishlatilsa-da, afu varianti izohli lugʻatga ham, imlo lugʻatlariga ham kiritilmagan. Lugʻatga kiritilmagan degani xato degani emasligi haqida oldinroq ham aytgandim.

👉 Afv soʻzini yozayotganda ana shu afu soʻzini xayolga keltiring. A tovushidan keyin f kelyapti, afv variantida ham a dan keyin qoʻrqmay f ni ishlating.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 17
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →