“На” bogʻlovchisini qoʻllashdagi xatolar
Na bogʻlovchisi inkor, boʻlishsizlik maʼnosiga ega va u qatnashgan jumladagi kesim boʻlishli shaklda qoʻllanadi. Chunki na soʻzidagi inkor maʼnosi bevosita kesimga taʼsir qiladi va yana qayta boʻlishsiz maʼnoli soʻz yoki qoʻshimcha talab etilmaydi:
Undan na xat bor, na xabar.
Qoʻlim ishga bormadi, na oʻqidim, na yozdim.
❗️ Yuqoridagi kabi jumlalarda kesim koʻpincha boʻlishsiz shakl yoki maʼnoda ishlatiladi. Bu esa – хато!
📌 Демак:
На салом, на алик bor, индамай кириб келаверди. ✅
На салом, на алик yoʻq, indamay kirib kelaverdi. ❌
Muammoga na hokimlik, na masʼullar eʼtibor qaratgan. ✅
Muammoga na hokimlik, na masʼullar eʼtibor qaratmagan. ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #910
2.36K

- 👍 5