TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #903 2.72K
“Tashrif buyurmadim”, shunchaki “keldim”

Xabar va yangiliklarni oʻqiganda, telekoʻrsatuvlarni koʻrganda eng tishga tegadigan iboralardan biri – “tashrif buyurish”. Duch kelgan odamga nisbatan oʻrni boʻlsa-boʻlmasa tashrif buyurdi deb ishlatib ketilaveradi. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” yozilishicha, tashrif arabcha soʻz boʻlib, asliyatda hurmat, ehtirom; ulugʻlash, sharaflash; marosim; marhamat qilib kelish maʼnolariga ega.

Tashrif va sharafning oʻzagi bir, tashrif buyurish sharaflantirish deganidir. Bu soʻz oʻzbek tilida yuksak martabali mehmonlar, ulugʻ kishilarga nisbatan ishlatiladi. Chunki ularning qadami biz uchun sharafdir.

Masalan:

1. Yurtimizga Malayziya Bosh vaziri tashrif buyurdi.
2. Maktabimizga atoqli olim, akademik Nayim Karimov tashrif buyurdi.

Oʻzi haqida gapirayotgan kishi tashrif buyurdim deyishi esa mutlaqo xato. Hatto u Bosh vazir yoki akademik boʻlsa ham. Bu qoida birinchi shaxs koʻplikka (tashrif buyurdik) ham tegishli. Chunki bunday ifoda nokamtarlik, manmanlik belgisi. “Men borgan edim, qadamim yetib, oʻsha joy sharaflandi”, deganday gap. Masalan:

1. “Men oʻtgan yili sanatoriyga tashrif buyurdim”, deyish oʻrniga: “Men oʻtgan yili sanatoriyga bordim”

yoki

2. “Mana, hozir koʻrsatuvimiz qahramonining xonadoniga tashrif buyurdik”, deyish oʻrniga: “Mana, hozir koʻrsatuvimiz qahramonining xonadoniga kirib keldik”,

deb gapirish toʻgʻri, oʻrinli va farosatli kishiga xos boʻladi.

Endi boshqa bir holatga eʼtibor qaratamiz. “Tashrif” soʻzi feʼlsiz, yakka oʻzi qoʻllanadigan oʻrinlar bor. Masalan:

1. Oʻtgan yili sayt tashrifchilari soni sezilarli oshdi.
2. Muzeyimizga umumiy tashriflar ikki milliontani tashkil etdi.

Bu oʻrinda soʻzning sharaflantirish maʼnosi yoʻq. Oʻzagida bor boʻlsa-da, jonli tilda oʻsha maʼno yoʻqola borgan (tashrif buyurishda ulugʻvorlik, yuksaklik maʼno qirrasi bor). Shu sababli soʻzni bu holatda ishlatishni xato emas deyish mumkin. Agar kimdir shu soʻzni qoʻllashni juda istamasa, jumlani tahrir qiladi:

1. Oʻtgan yili saytga kiruvchilar soni sezilarli oshdi. (Masalan, menga mana shu variant maʼqul. Ifodasi oʻzbekcharoq.)
2. Muzeyimizga keluvchilar ikki million kishiga yetdi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →