TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #898 2.15K
​Koʻylak nega “oʻngiydi”?

Kiyimlarga nisbatan oʻngimoq soʻzi qoʻllanadi. Izohli lugʻatga koʻra, oʻngimoq rangi yoʻqolmoq, asl rangi oʻzgarmoq, tusi oʻchmoq maʼnolariga ega.

Masalan:

Bunday boʻyoq bilan boʻyalgan mato oʻngib ketmaydi.
“Fan va turmush”.

Ustidagi gimnastyorkasi yomgʻirda yuvilib, oftobda oʻngib, oqarib ketgan edi.
I. Rahim, Chin muhabbat.

Oʻngimoq aslida qaysi soʻzdan paydo boʻlgani, oʻzagi nima ekanini “Devonu lugʻatit turk” orqali aniqlaymiz.

“Devon”da oʻng soʻziga rang, bir narsaning rangi deb izoh berilgan. Masalan, yashil oʻnglug toʻn – yashil rangli kiyim. Demak, oʻngimoq soʻzining rangi ketmoq maʼnosi aynan ana shu rang maʼnoli “oʻng” oʻzagiga borib taqaladi.

Narsaning odatda koʻrinib turadigan tomoni, sirtiga ham “oʻng” soʻzi ishlatiladi. Masalan, gilamning oʻng tomoni, kiyimning oʻngi. Ana shu oʻng ham rang maʼnosidagi oʻngdan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Chunki odatda kiyim yoki buyumlarning koʻrinib turadigan tashqi tomoni, sirti boʻyalgan. Rang berilgan tomonga “oʻng” soʻzi ishlatilgan boʻlishi ehtimoli katta.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →