Androidda ham shunday klaviaturalar bor. Eng yaxshisi, menimcha, Gboard gugl klaviaturasi.
Kirilchasida kamchilik bor. Koʻp qoʻllanishiga qaramay, h va gʻ harflari x va g harflariga biriktirilgan. Ularni bosib tursangiz, h va gʻ paydo boʻladi.
Gboardʼda lotincha oʻ va gʻ bitta tugmaga biriktirilgan, bu ishni osonlashtiradi. Soʻz yozayotganingizda takliflar koʻrsatadi. Sunʼiy idrok oldin yozgan jumlalaringizga qarab, takliflarini takomillashtirib boradi. Bu funksiya yoqmasa, oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.
Avtomatik tuzatishdan foydalanmagan maʼqul. Boʻlmasa, soʻzni siz istamagan soʻz bilan almashtirib qoʻyishi mumkin.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #876
3.88K
Orif Tolib Uzbek Latin Keyboard by Hamza (v2.0).zip

- 👍 14