TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #874 3.06K
​Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi

Windows
’da oʻzbek lotin alifbosi uchun klaviatura yoʻq deyish mumkin. Aslida bor, lekin u shunchaki ingliz klaviaturasining nusxasi, xolos.

Hozirgi oʻzbek lotin alifbosi yetarlicha nuqsonli, shu sababli ham ommalashib ketmadi. Ommalashish uchun alifbo jonivor qulay boʻlishi, til tabiatini imkon qadar aks ettirishi kerak. Bitta tovushni ifoda etish uchun ikkita belgi bosilsa, bunday harflar bitta emas, beshta boʻlsa (ng ham hisob), uning ustiga tilda koʻp uchrasa, bunday alifbo kirishimli boʻlolmasligi aniq.

Lekin vaqtinchalik yechimdan foydalanib turamiz.
Geek Suhbat kanali muallifi Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi ishlab chiqqan. Bir sinab koʻring, sizga ham maʼqul kelsa kerak.

Afzalliklari nimada?

Oʻ
va Gʻ harflarining belgilari oʻzbekchaga mos. Yaʼni inglizcha birtirnoq emas. Garchi shaklan bir xil boʻlsa-da, kompyuter, gugl qidiruv tizimi ularni farqlaydi. Inglizcha birtirnoq harflarni ajaratib qoʻyadi, chunki u soʻz ichida qoʻllashga moʻljallanmagan. U qoʻshtirnoqning bir turi:

#Oʻzbekiston (chap bir tirnoq)
#maʼno (oʻng bir tirnoq)

Bu klaviaturada ishlatilgan okina (Modifier Letter Turned Comma) va uning jufti (Modifier Letter Apostrophe) esa soʻzni boʻlmaydi:

#Oʻzbekiston (okina)
#maʼno (okinaning jufti)

Bundan tashqari, tugmalar oʻng Alt va Shift + Alt bilan birga bosilganda chiqadigan qoʻshimcha belgilar ham ishingizni ancha osonlashtiradi.

Qanday oʻrnatish va foydalanish Readme.txt faylida tushuntirilgan.

Qaysi belgi qayerda joylashgani layout_images degan jilddagi skrinshotlarda izohlangan.

Alifbo isloh boʻlguncha, shuni ishlatib turish mumkin.

Darvoqe, klaviaturani oʻzbekchada nima deb atash mumkin? Fikringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 💯 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →