TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #868 2.62K
​Shamol va sinonimlari

Shamol arabchadan olingan, asliyatda shimoliy shamol, sovuq shamol maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida havo harakatini, tabiat hodisasini bildiradi. Sinonimlar orasida bosh soʻz shu, asosan undan foydalaniladi.

Shabada forschadan. Kechasi, kechqurun maʼnolarini anglatadigan shab va shamol maʼnosidagi bod soʻzlaridan yasalgan, asliyatda kechki yoqimli shamol maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada yengil, mayin shamol maʼnosida qoʻllanadi.

Yel – turkiycha soʻz, yelmoq, yelkan soʻzlari shu oʻzakdan.

Nasim arabchadan, asliyatda mayin shabada, sabo maʼnosida qoʻllanadi. Oʻzbekchada ham yengil, yoqimli shamol maʼnosini beradi.

Sabo arabchada sharqiy shamol va yoshlik maʼnolarini anglatadi. Oʻzbekchada ertalabki mayin, yoqimli shabadani bildiradi.

Bod forschada havo oqimi, shamol maʼnolariga ega. Oʻzbekchada ham shamol, yel maʼnosida. Kitobiy tilda qoʻllanadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  2. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  3. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  4. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  5. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  6. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →