TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3271 6.13K
Quti – sandiqning bolasi

Sandiq soʻzi asli yunonchaligi haqida oldinroq yozgan edim. Sandiqning kichik shaklini ifodalovchi quti soʻzi ham yunonchaga borib taqaladi. U yunon tilidagi kutí(on) – kichik sandiq soʻzidan hosil boʻlgan. Qadimgi yunon tilidagi kibōtion soʻzi keyinchalik tovush oʻzgarishiga uchragan. Baʼzi olimlar bu soʻzni oromiy tilidagi ḳubbtā – qubba, hujra soʻzi bilan bogʻlaydi.

Quti arab tili orqali oʻzlashgan, oʻzbekchada sandiqcha, yashik, korobka, pilla qurti korobkasi va undan chiqqan ipak qurti kabi maʼnolarni anglatadi.

Qoʻqon xonligida oliq-soliqlardan toʻplangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori qutidor deb nomlangan. Bu soʻz quti-quti pul-dunyosi boʻlgan yirik boy va sarmoyadorni ham bildirgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 21
More from @oriftolib
  1. Oct 1, 2026Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin? “Ital…
  2. Oct 1, 2026Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq. — Romen Rollan @oriftolib | Sahi…
  3. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  4. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  5. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  6. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →