TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3234 6.58K
Bilmaslikning foydasi

Bir ishbilarmon Janubiy Amerikada tuxum sarigʻicha keladigan olmos sotib oldi. Biroq olmosning oʻrtasida teshik bor edi. Balki birorta joʻyaliroq maslahat berar degan umidda tadbirkor bir yaxshi zargarning oldiga bordi. Zargar olmosni koʻrib, zavq bilan bosh silkitdi:

– Bu toshni ikkiga boʻlish mumkin. Undan ikkita brilliant chiqadi va har biri olmosning oʻzidan koʻra qimmatroqqa baholanadi. Ammo bitta muammo bor: agar zarb toʻgʻri berilmasa, bu moʻjaz moʻjiza parcha-parcha boʻlib ketadi. Bu parchalardan yasalgan brilliantlar, toʻgʻrisini aytganda, sariq chaqaga qimmat boʻlib qoladi. Men bunaqa tahlikali ishni boʻynimga ololmayman, uzr.

Ishbilarmon bu masalada oʻzi safar qilgan juda koʻp mamlakatlardagi zargarlarga murojaat qildi. Ammo ular ham xuddi shu gapni deyarli takrorladi. Oxiri unga Amsterdamdagi keksa va mohir zargarga uchrashni tavsiya etishdi.

Ishbilarmon taʼrifi ketgan zargarning huzuriga yoʻl oldi. Usta durbin-monokli bilan olmosga yaxshilab tikilgach, boshqalar singari bu ishning tahlikali jihatlari haqida soʻzlay ketdi. Ishbilarmon zargarning soʻzini kesib, bu gaplarni koʻp va xoʻb eshitgani, deyarli yod bilishini aytdi. Zargar ishni olishga rozi boʻldi, narxini ham kelishdi.

Tosh egasi rozi boʻlgach, usta uzoqroqda oʻzlariga orqa qilib ishlab oʻtirgan shogirdini chaqirdi. Ustozidan kerakli topshiriqni olgan shogird toshni kaftiga qoʻyib, bolgʻacha bilan urdi. Ikkiga boʻlingan toshga eʼtibor ham qilmay, ustoziga qaytarib berdi. Ishbilarmon hayratini yashirolmadi:

– Zoʻr-ku, bu yigit sizda qachondan beri ishlaydi?

– Endi uchinchi kun. U bu toshning haqiqiy bahosini bilmaydi. Shu sababli qoʻrqmay, qoʻllari qaltiramay ishga kirishdi, – deb javob berdi nuroniy zargar.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Ammo, lekin, biroq va vergul Ammo, lekin, biroq, balki soʻzlari zidlov bogʻlovchilaridir. Ular mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilgan boʻlaklarni yoki gaplarni bogʻlash uchun xizmat qiladi. Bu bogʻlovchilar bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi.…
  • 👍 52
  • 💯 11
More from @oriftolib
  1. Oct 1, 2026Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq. — Romen Rollan @oriftolib | Sahi…
  2. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  3. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  4. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  5. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  6. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →