Hammabop oʻzbek tili
↘️ Qanshar nima? Ensa qayer? Boʻksa yo taqim nimani anglatadi? Oʻzbekchani oʻrganayotganlarni qoʻya turaylik, hatto oʻzbeklar ham bu soʻzlarning maʼnosini toʻla-toʻkis bilmasa kerak. Bular – tana aʼzolarini bildiradigan oddiy soʻzlar.
Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Ustoz – 2020” tanlovi gʻolibi, oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchi Zulfiya Rashidova Respublika taʼlim markazi bilan hamkorlikda “Hammabop oʻzbek tili” mualliflik loyihasini yoʻlga qoʻyibdi. Loyihada har biri 3–5 daqiqalik videodarslar tayyorlanadi. Ularda grammatik qoidalar, imloviy savodxonlik, ayrim soʻz va iboralar mazmuni tushuntirib beriladi.
Darslarni albatta koʻring, oʻz ona tilingizni chuqurroq oʻrganing.
👉 YouTube: @Hammabopozbektili
👉 Telegram: @suvaydo
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2888
7.83K
- 👍 32
- 🔥 5
- 🤨 2