TGViewer
Shunchaki... Shunchaki... @suvaydo · 2.05K subscribers
Post #2689 1.38K
#hadya
Ayol kishi sovg'a olishni nega yoqtiriadi, hech o'ylab ko'rganmisiz? (Men pul olishni afzal ko'radigan alohida toifadagilarni nazarda tutmayapman)
Gap sovg'aning narxida emas..

Ayol kishiga bir odam uni xursand qilish uchun nima taqdim etsam ekan deb o'ylangani, izlangani, do'konma-do'kon yurgani, ishiqilib yoqsin-da deb umid qilgani, hadyani olgach yuziga tabassum yoyilishini ko'z oldiga keltirganini bilish yoqimli.

Unda nega hammaga qimmatbaho sovg'a yoqadi deysizmi)))
Hmmm, qancha ko'p xarajat qilsangiz, muhabbatingiz shunchalik kuchli deb o'ylashsa kerak-da )))

Yana bir gap, sovga'ni qaysi so'zlar bilan taqdim qilishda ham gap ko'p.
- Bilaman, sen aslida bundan ko'prog'iga arziysan, ammo mehrimni ifodalashga qurbi yetadigan narsaning o'zi yo'q ekan dunyoda..
deyilsa bormi..

Xullas, menga hadya qilingan kitoblarni tomosha qila turib shu paytgacha olgan sovg'alarimni bir-bir esladim. Har biri qaysidir ma'noda baxt, xursandchilik berolgan ekan.
Hammaga xayrli tun.
Ertadan, inshaallah, RTM bilan hamkorlikda olayotgan Hammabop o'zbek tili videodarslarimizni e'tiboringizga havola qila boshlayman.
@suvaydo
  • ❤ 29
  • 👍 21
  • 🔥 3
More from @suvaydo
  1. Oct 1, 2026#tabrik Ona tili o’qituvchisiga tabrik yozish ham osonmas)) Yozilgan matn uchun mas’uliyat…
  2. Oct 1, 2026#tabrik Assalomu alaykum, qadrli Hamkasblar! Barchangizga bayram muborak bo’lsin! Hamisha…
  3. Sep 30, 2026❗️Ўқитувчилар учун бир ойлик мажбурий малака ошириш тартиби бекор қилинади Энди педагоглар…
  4. Sep 27, 2026Imom al-Buxoriy maqbarasi
  5. Sep 27, 2026#havaskor_suratkash Samarqand Photos by Zubayr @suvaydo
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →