#tabrik
Assalomu alaykum, qadrli Hamkasblar!
Barchangizga bayram muborak bo’lsin!
Hamisha sog’ bo’ling, har kuni ishxonangizga bajonidil va yangi g’oyalarga to’lgan holda yo’l olish, ilhom va ishtiyoqqa to’lib ijod qilish, faoliyatingizdan qoniqish nasib etsin!
Siz 10-20 yildan keyin hosil beradigan ilm daraxtining bog’bonisiz, maosh olgandan ko’ra auditoriyaga kirganda o’zini ko’proq baxtli his qiladigan, o’quvchilarning ikki enlik tabrik matnidan xursand bo’lib kasbining qiyinchiliklarini unutadigan, fidoyi va mehnatkash, sabr va shukr qila oladigan kaaatta yurak egasisiz!
Mehnatlaringizning haqiqiy mukofotini Egam beradi, inshaallah!
Cheksiz hurmat bilan
@suvaydo
Darvoqe, bugun chinakamiga dam oling, uy tozalamang, kir yuvmang, bir kungina hordiq chiqaring, salqin havodan nafas olib sayr qiling!
O’zingizning ustozlaringizni yo’qlang, haqlariga duo qiling!
Yana bir marta bayramingiz bilan, aziz Ustozlar!
❤️❤️❤️
Post #8313
562
- ❤ 47
- 🔥 17
- 👏 2