TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2842 4.41K
​​Amaliyot: auditoriyaning maqsadi nima?

Ingliz tilidan tarjima qilingan bir kitobni oʻqiyotib, shunaqa jumlaga duch keldim:

Muqova sahifasidagi matn auditoriya maqsadiga muvofiq oʻzgartiriladi.

⚠️ Nimasi xato?

Jumlaga koʻra, sarlavha auditoriya maqsadiga muvofiq oʻzgartirilar ekan. Auditoriyaning maqsadi nima? Maqsadi bormi oʻzi? Qayerdan bilish mumkin auditoriyaning maqsadini?

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Gap moʻljaldagi, koʻzlangan auditoriya haqida ketyapti. Maqsadli auditoriya degan atama bor, inglizcha target audience yoki ruscha selevaya auditoriya iboralarining tarjimasi. Axborotdan foydalanishi koʻzlangan guruhni anglatadi. Masalan, agar matn talabalarga moʻljallangan boʻlsa, talabalar – maqsadli auditoriya. Vrachlar uchun boʻlsa, vrachlar – maqsadli auditoriya.

Yuqoridagi jumlada maʼno toʻkis anglashilmagan. Asosiysi – oʻzbek bunaqa gapirmaydi. Oʻzbekcharoq toʻn kiygizsak, jumla mana bunday koʻrinishga keladi:

Muqova sahifasidagi matn maqsadli auditoriyaga moslab oʻzgartiriladi.
Matn auditoriyaga moslanganining oʻzi gap maqsadli auditoriya haqidaligiga ishora qiladi. Sahifasidagi soʻzi ham ortiqcha. Muqova soʻzida sahifaning bir turi maʼnosi bor. Demak, yanada soddaroq, tushunarliroq berish mumkin:

Muqovadagi matn auditoriyaga moslab oʻzgartiriladi.

👉 Biroq tahrirda matnning ixtisosligiga ham eʼtibor qaratish zarur. Men oʻqiyotgan kitob informatika yoʻnalishida, maktab oʻquvchilari uchun. Shu bois sahifasidagi soʻzini qoldirish kerak. Chunki MS Word dasturining sahifasi nazarda tutilyapti.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 25
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →