TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2538 4.92K
​​“Katta yettilik”, “Katta yigirmatalik” – aslida xato

Ommaviy axborot vositalarida tez-tez uchraydigan Katta yettilik, Katta yigirmatalik iboralari aslida xato. Bu yanglishishning ildizi 1990-yillarga borib taqaladi. Rus publitsistlari oʻsha paytlarda inglizcha G7 qisqartmasini Bolshaya semyorka – Katta yettilik deb oʻgirgan. Ibora ilk bor “Kommersantʼ-Vlast” jurnalining 1991-yil 21-yanvar sonida “Boltiqboʻyi Gorbachyovga 16 milliard dollarga tushdi. Kamida” maqolasida ishlatilgan. Jurnalist G7 ni Great Seven – Katta yettilik deb oʻylagan. Aslida u Group of Seven – Yettilik guruhi iborasining qisqartmasi edi. Shunday qilib, bu xato keng yoyilgan va G8, G20 kabi birlashmalarga nisbatan ham qoʻllana boshlagan.

Odatda asliyatdan emas, rus tili vositasida tarjima qiladigan, koʻpincha ruscha manbalarga asoslanadigan matbuotimiz bunda ham ergashish yoʻlidan borgan va yuqoridagi kabi atamalarni Katta yettilik, Katta sakkizlik, Katta yigirmatalik deb qoʻllayvergan. Biroq hozir OAV bu iboralarni asliga mos shaklda ham ishlatyapti.

Milliy ensiklopediyaga G7, G8, G20 birlashmalari haqida maʼlumot kiritilmagan ekan. Faqat bir maqola ichida Kuchli yettilik iborasi uchradi.

❓ Siz qanday fikrdasiz? Yuqoridagi qisqartmalar kengaytmasini oʻzbek tilida asliga mos Yettilik guruhi, Sakkizlik guruhi, Yigirmatalik guruhi shaklida berish kerakmi yoki odatlanilgan tarzda qoʻllayvergan maʼqulmi?

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 42
  • 🔥 13
  • 😁 5
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →