Shuningdek: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Shuningdek soʻzi bilan vergul ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin.
📌 Vergul kerak emas:
Agar soʻz shunga oʻxshash, shu kabi, shu singari kabi maʼnolarni anglatsa va sifat boʻlib kelsa:
Xalq shuningdek gaplar bilan yuz yoqdan... hujum qilib, hatto adabsiz soʻzlar bilan ham soʻkar edi.
A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
❗️ Lekin hozir soʻzni bu maʼnoda qoʻllash juda kam uchraydi.
📌 Vergul kerak:
Soʻz bundan tashqari, buning ustiga, shu bilan bir qatorda kabi maʼnolarni anglatsa va modal soʻz boʻlib kelsa:
– Shuningdek, rais majlisni olib borishda ham koʻpchilikka hurmatsizlik qildi... – dedi Elmurod.
P. Tursun, Oʻqituvchi.
U dovyurak, shuningdek, bilimdon kishi edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2243
7.04K
- 👍 31
- 🤔 2
- ⚡ 1
- 🔥 1