TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2117 4.55K
Nafsilamrini aytganda: “nafsilamr” nima?

Nafsilamr
arab tilidan kirgan. Asosan badiiy asarlarda uchraydi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Haqiqatga mos; toʻgʻri, rost.

– Uni qarang, nafsilamrini aytganda, ota-bobomizning zamonida ham bunaqangi paxtani hech kim koʻrmagan, – dedi Shermat.
H. Nuʼmon, Fasllar.

2️⃣ Kirish soʻz boʻlib kelganda: haqiqatda, haqiqatan ham.

– Nafsilamr, gapingiz juda toʻgʻri... – dedi Yoʻlchi.
Oybek, Tanlangan asarlar.

Soʻzlashuv uslubida nafsambir shaklida ham ishlatiladi:

Boshdan oyoq yangidan ish boshlagan kolxoz yoshlarining bu gʻayrati, nafsambirga, hayratda qolarli edi.
M. Joʻra, Quyoshdan nur emganlar.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 25
  • 🔥 6
  • 🤔 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →