TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2052 4.93K
“Oʻgʻrilik” bor, “oʻgʻirlik”-chi?

Bu soʻzni oʻgʻirlik tarzida yozish juda koʻp uchraydi. Hatto izohli lugʻatdagi oʻndan ortiq misolda bu soʻz oʻgʻirlik tarzida berilgan. Lekin bu xato. Nega? Chunki u lugʻatlardan oʻgʻrilik shaklida joy olgan. Oʻgʻirliq degan soʻz bor, lekin oʻgʻirlik yoʻq:
Oʻgʻirliq osh badanga yuqmas.
Maqol.

Soʻzni oʻgʻirlik shaklida yozishga uning feʼl varianti sabab boʻlsa kerak: oʻgʻirlamoq. Chunki oʻgʻrilamoq degan feʼl yoʻq-da. Mabodo oʻgʻrilamoq deb yozsangiz, yana xatoga yoʻl qoʻyasiz. Labirintga oʻxshaydi-a?

Oʻgʻirlik feʼl shakliga va talaffuzga mosligi sababli lugʻatlarga kiritilishi kerak.

Oʻgʻrilik oʻgʻrining ishini va shu ish bilan shugʻullanishni anglatadi:

Biron buyumni sifatsiz ishlab, aʼlo navga haq olish noinsoflik, vijdonsizlik, toʻgʻrirogʻi, oʻgʻrilikning boshqa bir turi-ku!
N. Safarov, “Olovli izlar”.
Oʻgʻrilikka oʻrgangan boʻlmang tagʻin, yaylovda yurib.
A. Muxtor, “Chinor”.

📌 Demak:

Oʻgʻrilik, oʻgʻirliq, oʻgʻirlamoq, oʻgʻrincha ✅
Oʻgʻirlik, oʻgʻriliq, oʻgʻrilamoq, oʻgʻirincha ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 27
  • 🔥 7
  • 🤨 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →