TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2001 4.46K
Raqobatbardosh va raqobatbardoshlik

Raqobatbardosh
soʻzi raqobat va bardosh soʻzlaridan yasalgan, raqobatlasha oladigan, raqobatga chidaydigan degan maʼnoni anglatadi:

Bu yerda yiliga 4,5 ming tonna raqobatbardosh kalava ishlab chiqariladi.
Gazetadan.

Raqobatbardoshlik esa raqobat qila olish, raqobatga chidash; raqobatga kirisha olish qobiliyatini anglatadi:

Oʻzbekistondagi kichik qishloq korxonalari mahsulotlarning yuqori darajada raqobatbardoshligini taʼminlay oladi.
Gazetadan.

Raqobatbardosh oʻzi sifat, unga yana sifat yasovchi -li qoʻshimchasini qoʻshish ortiqcha. Bu soʻzdan -lik qoʻshimchasi yordamida yasalgan raqobatbardoshlik soʻzi haqida ham shunday deyish mumkin.

📌 Demak:

Raqobatbardosh, raqobatbardoshlik ✅
Raqobatbardoshli, raqobatbardoshlilik ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 24
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →