TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1996 4.69K
Oʻtirsa – oʻpoq, tursa – soʻpoq: “oʻpoq” va “soʻpoq” nima?

#Soʻragan_edingiz

Xalq tilida tez-tez ishlatilib turadigan bu iboraning umumiy maʼnosi maʼlum: har bir harakatidan ayb topish, ayb topib kamsitaverish.

Qoʻchqor bechorani oʻtirsa – oʻpoq, tursa – soʻpoq deb oralariga sovuqlik soldi.
S. Anorboyev, Oqsoy.

Iborada qatnashgan oʻpoq soʻzi mustaqil ishlatilmaydi. Izohli lugʻatga koʻra, oʻpoq-soʻpoq juft soʻzi notoʻgʻri shakldagi, qingʻir-qiyshiq, koʻrimsiz, xunuk degan maʼnolarni anglatadi: oʻpoq-soʻpoq piyolalar, oʻpoq-soʻpoq nonlar.

Soʻpoq soʻzi esa yassi va choʻziq maʼnosida keladi va asosan bosh va yuz tuzilishi, bichimini ifodalash uchun ishlatiladi: soʻpoq bosh.

Oʻpoq soʻzining etimologiyasi boʻyicha taxminim bor. Bu soʻz oʻpqon, oʻpqin, oʻpirmoq kabi soʻzlarning oʻzagi – oʻp soʻzidan yasalib, kemtik, bir tomoni yoʻq degan maʼnoni anglatgan boʻlishi mumkin.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 36
  • 🤩 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →