TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1925 4.01K
“Pishang bermoq” nima degani?

Bu ibora qulogʻimizga bot-bot eshitilib turadi. Ibora tarkibidagi pishang soʻzi richag degan maʼnoni bildiradi. Lekin soʻzni bu maʼnoda ishlatish hozir eskirgan. Richag biror tayanch nuqtasiga ega boʻlgan va oz kuch bilan katta kuchni muvozanatga keltiradigan qurilmadir.

Pishang bermoq iborasi biror xatti-harakatga undamoq; ataylab gijgijlamoq degan maʼnoni anglatadi:

Balki, Raim oqsoqolning oʻzi Shukur bazzozga pishang bergandir.
M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish.

Mamat qassob odatda mushtlashuvga aralashmaydi, bir chetda oʻgʻillariga pishang berib turadi. “Yoshlik”.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 9
  • 👍 5
  • ⚡ 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →