TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1913 5.94K
Ism-familiyalarni boʻgʻinga koʻchirmagan yaxshi

#Soʻragan_edingiz

Savol:
Yozayotganda satrga sigʻmay qolsa, ism-familiya boʻgʻinga koʻchiriladimi?

Javob:
Imlo qoidalarida ism-familiyalardagi qisqartmalar boʻyicha aniq koʻrsatma bor:

👉 A. J. Jabborov, A. D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi.

Demak, ism va otaismni bildiruvchi A. J. va A. D. kabi yoki ismni bildiruvchi B. va S. kabi qisqartmalar satrning tepasida qolib, familiya pastga koʻchirilmaydi.

Ismlarda boʻgʻin koʻchirish-chi? Aslida boʻgʻinga koʻchirish mumkin. Chunki mumkin emas degan qoida yoʻq. Biroq men kishi nomlarini iloji boricha boʻgʻinga koʻchirmaslik tarafdoriman. Hatto ism bir satrda qolib, familiya ikkinchi satrga oʻtadigan holatlardan ham nariroq boʻlavergan maʼqul. Imkondan tashqari holatlar esa, albatta, bundan mustasno.

Bu qoida qatʼiy emas, ixtiyoriy. Lekin tahrir, tushunarlilik va nomga hurmat nuqtayi nazaridan bu qoidaga amal qilish zarur.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 7
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →