TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1911 4.16K
OʻHenrimi yoki O. Henri?

Bu mashhur yozuvchining asl ismi Uilyam Sidni Porterdir. U 1862-yil 11-sentyabrda AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Grinsboro shahrida tugʻildi.

Yozuvchining ilk ijodiy mashqlari 1880-yillarning boshida dunyo yuzini koʻrdi.

Porter Ostindagi bankda ish boshladi. Bankda kamomad aniqlangach, u ishidan boʻshatildi. Uilyam Hondurasga, soʻng Janubiy Amerikaga ketdi. Biroq qaytib kelgach, kamomad ishi boʻyicha sud qilinib, qamoqqa hukm etildi.

Yozuvchi turmadagi kasalxonada ishladi va shu yerda hikoyalar yozdi. U turli taxalluslarni sinab koʻrdi, nihoyat O. Henri variantini tanladi. Bu taxallusni koʻpincha OʻHenri deb yanglish yozishadi. Chunki irland tilida xuddi shu shaklda yoziladigan familiya bor. Biroq taxallus familiyani anglatmaydi. Uni O. Henri deb yozish toʻgʻridir.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →