TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1908 28.3K
Quda-anda: anda kim?

Baʼzi juft soʻzlarni koʻp ishlatamiz-u, ikkinchi qismi nima maʼno anglatishini har doim ham aniq bilavermaymiz. Quda-anda ham ana shunday soʻzlardan.

Izohli lugʻatga koʻra, anda qadimgi turk-moʻgʻul xalqlarida tutingan aka-ukani anglatadi.

Milliy ensiklopediya qoʻshimcha maʼlumotlarni ham keltirgan: anda boʻlishni istagan shaxslar qon chiqarib uni bir-birlariga surtganlar va umrbod aka-uka tutinganlar. Masalan, Chingizxon jajirat qabilasi rahbari Jamuxa bilan anda tutingan.

Kinofilmlarda shunga oʻxshash sahnalarni koʻrgan boʻlsangiz kerak. Qon boʻyicha ogʻa-inilar ingliz tilida brothers by blood, blood brother, rus tilida кровные bratya, brat po krovi deyiladi. Qadimgi turkiylarda bu tushuncha bitta soʻz bilan ifodalangan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
  • 🔥 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →