TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1906 5.59K
“Ayolgʻu” nima degani?

Shoir Faxriyorning shu nomdagi kitobi bor. Bilmagan odam shoir ayol va tuygʻu (yoki qaygʻu) soʻzlaridan yangi soʻz yasabdi, soʻz oʻyini qilibdi deb oʻylashi mumkin. Lekin bunday emas. “Navoiy asarlari lugʻati”da bu soʻz bor va ikki xil maʼnoda sharhlangan:

1️⃣ Musiqa asboblaridan biri:

Sovururda doʻst javrin zaxm ichra darj etib,
Doʻstlar bedodu zulmin ham, ayolgʻu kelturung.


2️⃣ Oʻlan, ashula, yalla, kuy, ohang, taʼsirli qoʻshiq.

Ayolgʻung necha yor-yor oʻlgʻusi,
Mening yigʻlarim zor-zor oʻlgʻusi.


Atoqli adabiyotshunos Umarali Normatov ham shoir kitobiga ayni shu soʻzni nom sifatida tanlaganini taʼkidlaydi: “Faxriyor saylanmasining “Ayolgʻu” nomi bilan atalishi ham tasodifiy emas. Ayolgʻu soʻzi qadim cholgʻu asbobining nomi; lugʻatlarda qayd etilishicha, sof turkiy oʻlan, ashula, yalla, kuy, ohang, taʼsirli qoʻshiq, degani. Avvalo “Ayolgʻu” nomi bilan atalgan dostonni, qolaversa, shu nom bilan chiqqan saylanmadagi boshqa doston va sheʼrlarni oʻqisangiz, “sof modern” koʻrinishidagi deyarli barcha asarlar qaʼridan aks sado berib turgan qadim ayolgʻu navolarini tuyib-eshitib turasiz”.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 9
  • 🔥 4
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →