TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1838 5.52K
​“Hadis” soʻzining boshqa bir maʼnosi

Koʻpchiligimiz hadis soʻzining maʼnosini bilamiz – Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning faoliyati va koʻrsatmalari haqida rivoyatlar majmui, u kishining turli sharoitlarda shariat ahkomlariga oid aytgan soʻzlari hadisdir.

Lekin oʻzbek tilida yuqoridagi soʻzga omonim boʻlgan boshqa bir hadis soʻzi ham bor. U oʻzbekchada quyidagi maʼnolarni ifoda etadi:

1️⃣ Kurash, bellashuv kabilarda qoʻllanadigan oʻziga xos usul.

Polvonlarning kurash hadislarining oʻz nomi bor.
Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi.

2️⃣ Biror ishni uddalashga boʻlgan ep; malaka, mahorat. Bu maʼnoda qoʻllash asosan soʻzlashuv tiliga xos.

– Qozogʻistonlik polvonning hadisi ancha zoʻr ekan, – dedi Toʻlamat moʻylov.
S. Anorboyev, Oqsoy.

Hadisini olmoq iborasi biror ish, kasb-hunarni, uning yoʻl-yoʻrigʻi, usulini yaxshi egallash, mashqini olishni anglatadi.

Oʻz kasbining hadisini olgan haydovchi qiy-chuvga parvo qilmay, tanga-chaqa sanaydi.
Q. Kenja, Notanish gul.

U yoʻliga gʻov boʻlganlarni turli yoʻllar bilan tinchitishning hadisini olgan.
N. Qobil, Unutilgan sohillar.

Etimologik lugʻatga koʻra, bu soʻz arabcha hads(un) soʻzidan. U oʻyladi, ehtimol qildi maʼnosini anglatuvchi hadasa feʼlidan yasalgan va asliyatda fahmlash degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tiliga hads soʻzi ds undoshlari orasiga i unlisini qoʻshib qabul qilingan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →