TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1829 5.08K
Rasmona, rasmana va rosmana

Bu soʻzlarni qoʻllashda koʻp xato qilinadi. Buning oldini olish uchun ularning maʼnosi va kelib chiqishini bilib olish kerak.

Rasmona soʻzi arabcha rasm va forscha -ona qoʻshimchasidan hosil boʻlgan, forschada oddiy, odatdagi degan maʼnoda ishlatiladi. Oʻzbek tilida uch xil mazmunda qoʻllanadi:

1️⃣ Risoladagi, oddiy, rasmana.

Qiz rasmona ketmon bilan tez va pishiq ishlab ketdi.
Oybek, O. v.shabadalar.

2️⃣ Chinakamiga, astoydil, rostakamiga.

Shoirgayam qiyin, bitta oʻzini deb rasmona urush ocholmasa.
M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish.

3️⃣ Shunchaki, yuzaki.

Bularning hammasi shunchaki rasmona ishlar.
“Yoshlik”.

Bu soʻzning rasmana va rosmana shakllari ham bor. Ular asosan soʻzlashuv tilida va badiiy-publisistik uslubda qoʻllanadi:

Sayfini endi rosmana qoʻrquv oʻz toʻrlariga oʻray boshladi.
T. Malik, Shaytanat.

Amirning navkarlari, men yaxshi razm soldim, rasmana navkarlar!
A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv.

❗️ Rosmana soʻzini rostmana shaklida qoʻllash ham uchrab turadi. Lekin bu xato. Yuqorida koʻrdik, soʻzning oʻzagida rost soʻzi qatnashmagan. Bunday oʻylash yanglish tasavvur natijasi, xolos.

📌 Demak:

Rasmona, rasmana va rosmana ✅
Rostmona, rastmana va rostmana❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
  • 🔥 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →