TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1780 3.23K
Kamyob soʻz – “taqim”

Oʻn yillarcha oldin turli saytlarda va bosma nashrlarda qiziqarli faktlarni berish urf boʻlgan edi. Til va soʻzlarga oid shunday maʼlumotlar ichida bir jumla eʼtiborimni tortgandi: “Dunyoning hech bir tilida tizzaning orqa tomonini ifodalovchi soʻz yoʻq”. Lekin bu haqiqatga zid. Chunki bunday maʼlumotlarni toʻplagan odam dunyoning barcha tillarini bilmasligi aniq. Eng kamida oʻzbekchada bor soʻz.

Taqim oyoqning tizza osti bukiladigan joyini anglatadi:

Uning oʻzi ham sochini ikkita qilib oʻrib, taqimiga tushirib yurishni yaxshi koʻrardi.
P. Qodirov, Erk.

Taqimga bosmoq iborasi ot-ulov bilan bogʻliq oʻrinlarda ishlatiladi. Chavandoz biror buyumni taqimi ostiga qoʻyib harakatlanishini bildiradi:

– Iya, Obidjon, – tirjayib gapirdi Qambar, – men oʻylovdimki, uloqni taqimga bosib kelasiz, bu yerda qozon osamiz deb, quruq tomosha deng.
Oybek, Tanlangan asarlar.

Taqimlamoq soʻzi ham yuqoridagi iboraga maʼnodosh. U ot ustida oʻtirgan holda biror narsani, masalan, uloqni taqim ostiga bosib olishni ifodalaydi:

Oriyat zoʻr narsa. Sen ham maydondasan. Uloq otingning yelkasida turibdi, taqimla.
I. Rahim, Ixlos.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →