Obdan va obdon
Obdan soʻzi uch xil maʼnoda ishlatiladi:
1️⃣ Rosa; xoʻp.
Ovqatni xoʻp chaynagan yaxshi, gapni obdan oʻylagan yaxshi.
Maqol.
2️⃣ Juda, juda ham.
Shaharda bir mahallada boʻlganimiz uchun obdan yaxshi bilaman.
Oybek, Tanlangan asarlar.
3️⃣ Batamom, butunlay; mukammal suratda.
Kenja brigadasi yangi yerga obdan oʻrnashib olguncha, kolxozdan koʻpchilik hasharga borib turdi.
Bu soʻz koʻpincha obdon shaklida xato ishlatiladi. Obdon soʻzi izohli lugʻatga kiritilmagan. Imlo lugʻatida esa bor – irrigatsiyaga oid atama ekani koʻrsatilgan. U forcha ob soʻzi va -don qoʻshimchasidan yasalgan. Suvidish maʼnosini anglatadi. Lekin jonli tilda suv saqlanadigan idishlarga nisbatan obdon soʻzi qoʻllanmaydi. Bu soʻz maʼlum soha doirasidagina ishlatiladigan atamadir.
📌 Demak:
Obdan oʻyladi, obdan tayyorlandi, obdan bezatdi ✅
Obdon oʻyladi, obdon tayyorlandi, obdon bezatdi ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1777
5.56K
- 👍 2