TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1762 3.32K
“Kiroyi kuyoving shundoq boʻlsa”: kiroyi nima?

“Oʻtkan kunlar” romani qahramoni Mirzakarim qutidor toshkentlik savdogar yigit Otabek haqida ayni shu maqtovni aytadi: “kiroyi kuyoving shundoq boʻlsa...”

Xoʻsh, kiroyi nima degani?

Bu soʻz arabcha kiro soʻzi va forsiy -yi qoʻshimchasidan hosil boʻlgan, forschada arzirli, loyiq, sazovor boʻladigan degan maʼnolarni anglatadi. Oʻzbekchada ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Aytishga arziydigan, gapirsa, maqtasa boʻladigan.

Qishloqda duv-duv gap. Kiroyi kuyoving boʻlsa, Komiljondaqa boʻlsin.
Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi.

2️⃣ Oʻtaketgan, juda, gʻoyat.

Endi orada chaqir tikanak boʻlishim – kiroyi nomardlik!
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.

Demak, Mirzakarim qutidor kiroyi soʻzini birinchi maʼnosida qoʻllagan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →