TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1733 2.69K
​Igrekmi yoki igrik?

Izohli lugʻat igrek soʻzini shunday sharhlagan:

1️⃣ Lotin alifbosida oxirgi harfdan oldingi “Y” harfining nomi.

2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum (qidirilayotgan) miqdor.

Biroq harf sifatida uni igrek deb atash kam uchraydi. Asosan matematik belgi boʻlib kelganda, nomaʼlum oʻzgaruvchini anglatganda igrek deb oʻqiladi.

Bu belgini koʻpincha igrik yoki egrik deb yanglish ifodalash koʻp uchraydi. Nega aynan igrek toʻgʻri?

Bu soʻz fransuzcha, u nemis tili orqali ruschaga, undan oʻzbekchaga oʻtgan. Fransuz tilida i tovushi ikki xil harf bilan – i va y bilan ifodalanadi. Ikkinchi harf xorijiy tildan kirgan, asosan asli grekcha boʻlgan soʻzlarda, yunon alifbosidagi ipsilon harfi oʻrnida ishlatiladi. Shu bois unga i grec, yaʼni grekcha i deb nom berilgan.

Ispanlar ham bu harfni shunga yaqinroq nomlagan – i griega. Lekin inglizchada u uay (waɪ) deb ataladi.

📌 Demak:

Igrek ✅
Igrik, egrik ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →