TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1716 2.52K
Navlar nomi qanday yoziladi?

Savol:
Qishloq xoʻjaligi ekinlari, meva va sabzavotlarning navlari qanday yoziladi?

Javob:
Bu savolga manbalarda aniq yechim yoʻq. Lekin qoida yaratib olishimiz mumkin.

Imlo qoidalarining “Koʻchirish qoidalari” boʻlimida keltirilgan misolda gʻoʻza navlari bosh harflarda va qoʻshtirnoqda berilgan: “Andijon–9”, “Termiz–16”. Bu navlarning nomi jonli tilda ishlatilmaydi hisob, asosan ilmiy adabiyotlarda va xos mavzudagi maqolalarda qoʻllanadi. Husayni, qora kishmish, jonoqi kabi navlarni ham qoʻshtirnoqda va katta harf bilan yozish kerakmi? Ular odatda kichik harfda yoziladi-ku!

Masalaga mantiqan va qiyos yoʻli bilan yechim topamiz.

Punktuatsiya qoidalariga koʻra, mahsulotlarning shartli nomlari qoʻshtirnoqqa olinadi: “Qoraqum” konfeti, “Paxta” torti, “Samarqand” sovitkichi, “Neksiya” avtomashinasi. Navlar esa mahsulot emas, mahsulotning turi. Shu sababli uni qoʻshtirnoqqa olish shart emas. Men agar belgilarni ishlatmaslik imkoni boʻlsa, foydalanmaslikni maʼqul koʻraman.

Maxsus adabiyotlarda va maqolalarda navlarning nomini bosh harfda bergan yaxshi. Bunda odatda nomdan soʻng nav soʻzi ishlatiladi. Qolgan holatlarda kichik harflarda yozish kerak.

Qiyoslang:

Subhoniy, qandak, isfarak, koʻrsodiq, ruhi juvanon, xurmoyi oʻriklari xalqimiz dasturxoniga tuhfa etildi.

Aholi tomorqa xoʻjaliklarida Subhoniy, Qandak, Isfarak, Koʻrsodiq, Ruhi Juvanon, Xurmoyi kabi oʻrik navlari yetishtirish boʻyicha yoʻriqnoma.


Xilmaxillik va chalkashliklar boʻlmasligi uchun yagona tartib oʻrnatish kerak, deyilsa, navlarning nomini kichik harflarda va qoʻshtirnoqsiz yozish variantini taklif qilgan boʻlardim.

Punktuatsiya va imlo qoidalari yangilanganda bu holatga ham aniq-tiniq yechim koʻrsatib oʻtilishi kerak.

👉 Toʻliq oʻqish

Siz navlar nomini qay tarzda yozish tarafdorisiz? Fikr va dalillaringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →