TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1714 2.66K
​Urushlar nomi qanday yoziladi?

#Soʻragan_edingiz

Savol:
Birinchi jahon urushi, ikkinchi jahon urushi
kabi birliklarning har biri bosh harf bilan yoziladimi?

Javob:
Imlo qoidalariga koʻra, muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navroʻz bayrami kabi.

Urushlar nomi ham ana shu qoidaga tushadi. Ular muhim tarixiy sana hisoblanadi. Shunga koʻra, urushlar, jang va toʻqnashuvlar nomining birinchi soʻzi bosh harfda yozilishi kerak. Nomlar qoʻshtirnoqqa olinmaydi:

Birinchi jahon urushi, Ikkinchi jahon urushi, Rus-yapon urushi, Shimol va janub urushi (AQSH), Loy jangi, Anqara jangi.

❗️ Eʼtibor bering: urush va janglarning rasmiy-tarixiy nomlarigina bosh harflar bilan yoziladi. Umum qabul qilingan shakldan oʻzgacha tarzdagi atash yoki izohlashlar kichik harflarda berilishi kerak: ruslar va yaponlar oʻrtasidagi urush, xurosonliklar va movarounnahrliklar jangi kabi.

Lekin jang yoki urushga qanday nom berilgani aytilganda qoʻshtirnoq ishlatiladi. Bunda odatda atalmoq, nomlamoq, nom bermoq, nom olmoq kabi soʻzlar qatnashadi:

Bu jang tarixda “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topdi.
“Rus-yapon urushi” deb atalgan bu urush haqida maʼlumotlar koʻp.

📌 Demak:

Ikkinchi jahon urushi, Bolqon urushi, Badr jangi ✅

Ikkinchi Jahon urushi, Ikkinchi Jahon Urushi, ikkinchi jahon urushi, Bolqon Urushi, bolqon urushi, “Bolqon” urushi, Badr Jangi, badr jangi, “Badr” jangi ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →