TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1667 3K
​“Bardavomiy boʻlsin!”

Kimdir biror muvaffaqiyatga erishsa, har xil tabrik soʻzlari aytiladi. Shulardan biri – ana shu yutuqlar davomli boʻlishini tilash. Lekin bu mazmun baʼzida xato ifodalanadi: bardavomiy boʻlsin.

Bu jumla nega xato?

1️⃣ Oʻzbek tilida bardavomiy degan soʻz yoʻq.

2️⃣ Bir xil maʼnodagi qoʻshimcha bir soʻzga ikki marta qoʻshilmaydi. bar- va -iy mohiyatan bir xil mazmunni hosil qiladi. Xuddi shu kabi bardavomli soʻzi ham yanglishdir.

Oʻzbekchada bardavom va davomli soʻzlari ishlatiladi.

Bardavom soʻzi doimiy, paydarpay, bir-biriga ulanib ketgan degan maʼnoni anglatadi.

Davomli soʻzi esa uzoq davom etgan yoki etadigan; davomi bor mazmunini beradi.

Demak, yuqoridagi tabrik soʻzini ikki xil shaklda ifodalash toʻgʻri boʻladi:

Davomli boʻlsin! ✅
Bardavom boʻlsin!
✅

Jumla boshiga yutuqlar yoki muvaffaqiyatlar soʻzini ham qoʻshib qoʻyish mumkin.

Bu jumlada davomiy soʻzini ishlatish ham tahrir nuqtayi nazaridan xato. Gʻalizlik paydo qiladigan soʻzdan qochish kerak. Eng yaxshi variant davomli soʻzini qoʻllashdir.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →