TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1658 5.18K
“Aka” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?

Aka
soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Bir ota-onadan tugʻilgan katta oʻgʻil (oʻzidan kichiklariga, ukalariga nisbatan).

Katta aka. Oʻrtancha aka. Kichik aka.

2️⃣ Oʻzidan katta er kishiga murojaatda yoki unga hurmat yuzasidan ishlatiladi (bunda yakka holda yoki nutq qaratilgan shaxsni bildiruvchi soʻz bilan qoʻllanadi).

Aka, eski shaharga qaysi avtobus qatnaydi?

Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, bu ot qadimgi turkiy tildagi yoshi katta boʻlmoq maʼnosini anglatgan aq feʼliga -a qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan. Oʻzbek tilida q undoshi k undoshiga, a unlilari choʻziq a: unlilariga almashgan: aq + a = aqa > aka.

📌 Demak, akaning lugʻaviy maʼnosi – yoshi katta [kishi].

Turkiy tillar etimologik lugʻatida qayd etilishicha, bu soʻz boshqa turkiy tillarda turli talaffuz koʻrinishlarida uchraydi va ota, aka, opa, er yoki xotinning opasi, katta yoshli qarindosh, yoshi katta erkak, bobo, onaning ukasi, otaning ukasi kabi maʼnolarda ishlatiladi.

Bobur “Boburnoma”da yozadi: “...Poyanda Sultonbegimni oka der edim, Habiba Sultonbegimni yanga der edim...”. Bundan tashqari, asarda Dildor ogʻacha, Popo ogʻacha, Umid ogʻacha, Latif Sulton ogʻacha, Mingli biy ogʻacha, Begi Sulton ogʻacha, Ogʻa Sulton kabi ayollar nomini tilga oladi. Demak, tarixda aka soʻzining oka, ogʻacha variantlari bizda ham ayollarga nisbatan ishlatilgan ekan.

Amir Temur davrida esa ayollar ismiga ogʻo qoʻshilgan: Turmush ogʻo, Oʻljoy Turkon ogʻo, Toʻlin ogʻo, Choʻlpon Mulk ogʻo begim, Dilshod ogʻo begim, Tuman ogʻo begim, Ruh Parvar ogʻo, Mengibek Ogʻoyi Jon Qurboni va hokazo.

Lekin hozir aka va uning ogʻa varianti oʻzbekchada faqat erkaklarga nisbatan ishlatiladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Gʻazalkent gʻazallar shahrimi? Kent qadimgi sugʻd tilida kand, kant shakliga ega boʻlgan va devor, uy, xonadon, qoʻrgʻon, qishloq kabi maʼnolarni anglatgan. Kent soʻzi va uning talaffuz variantlari qatnashgan joy nomlari mintaqamizda juda koʻp: Toshkent…
  • 👍 10
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →