TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1650 2.88K
Quyushqon nima?

Quyushqon oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Egar oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, koʻpincha turli bezaklar qadaladigan qayish.

Otning egar qoshi tilladan, yoliga kumush tangalar, quyushqoniga esa sadaflar taqilgan.
J. Sharipov, Xorazm.

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: biror ish, xatti-harakat, muomala va shu kabilardagi meʼyor.

Quyushqondan tashqari ish.

Endi oʻylab-oʻylab, oʻzining quyushqondan tashqari harakat qilganini seza boshladi.

H. Nazir, Suv gadosi – oqpadar...

Quyushqondan chiqmoq iborasi chegaradan, meʼyordan chiqmoq; haddan oshmoq maʼnolarini anglatadi:

Yosh rahbarsiz-da, xomroqsiz... quyushqondan chiqqan boshliq odamlarga yoqavermaydi.
S. Siyoyev, Otliq ayol.

Kuldiraman, deb quyushqondan chiqib, meʼyordan oshib ketayotgan aktyorlarning ijrosidan ranjimay ilojingiz yoʻq.
Gazetadan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →