“Reza-reza ter qopladi”: reza nima?
Baʼzi iboralarni tez-tez qoʻllab turamiz, lekin uning tarkibidagi soʻzlar qanday maʼno anglatishiga koʻp ham eʼtibor beravermaymiz. Reza soʻzi ham shundaylardan.
Reza forschadan kirgan, asliyatda ushoq, parcha; yogʻoch qirindisi maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:
1️⃣ Uncha katta boʻlmagan; mayda, kichik.
Yonoqlarini reza ter qoplagan qizlar jimgina qoʻshiqqa quloq solar... edi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
2️⃣ Mayda narsa. Bu maʼnoda suv yoki ter tomchilarini bildiradi.
Mavjlaridan rezalar uchib, chayqaladi muqqadas daryo.
Gazetadan.
Baʼzida reza takror holatda ham keladi. Bunda koʻpincha ter tomchisini sifatlaydi:
Havo dimligidan peshona va boʻynini reza-reza ter qopladi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1609
2.29K