TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1604 2.82K
​Boshlab: vergul kerakmi yoki yoʻq?

-b, -ib bilan tugagan feʼllardan soʻng koʻpincha vergul qoʻyiladi, lekin har doim ham emas. Chalkashtiradigan holatlardan biri boshlab soʻzi bilan bogʻliq.

Boshlab soʻzidan keyin faqat bir oʻrinda vergul qoʻyiladi. Agar ikki va undan ortiq, ketma-ket harakat haqida gap ketsa:

U ishni boshlab, oxiriga yetkazmadi.
👉 Yaʼni u ishni boshladi, lekin oxiriga yetkazmadi. Jumlada ikkita harakat ifodalanyapti.

U gap boshlab, birdaniga toʻxtadi.
👉 Bu yerda ham ikkita, ketma-ket harakat bor.

Qolgan holatlarda vergul qoʻyilmaydi:

Bir lahzadan keyin Muyassarni boshlab orqaga qaytishdi.
👉 Bir paytdagi harakat. Ular Muyassar bilan birga qaytishdi.

Buni boshlab Otabek, undan keyin Oʻzbek oyim sezdi.
👉 Bu yerda boshlab soʻzi ravishga aylangan va eng oldin, hammadan oldin, dastlab soʻzilariga sinonim boʻlib kelyapti. Ravish odatda vergul talab qilmaydi. Demak, bu oʻrinda vergul ishlatish ortiqcha.

Bugundan boshlab shu tartibga amal qilaman.
👉 Boshlab soʻzi koʻmakchi vazifasida kelganda beri, buyon, eʼtiboran soʻzlariga maʼnodosh boʻladi. Undan oldingi soʻz esa chiqish kelishigi qoʻshimchasini oladi. Bu holatda ham vergul kerak emas.

Demak, vergul qoʻllanadigan bittagina holatni farqlab olsak boʻldi. Qolgan paytlarda soʻzni vergulsiz ishlataveramiz.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →