TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1591 5.07K
Quduq

Bir fermerning eshagi quduqqa tushib ketdi. Bechora jonivor zorlanib baqira boshladi. Hovliqib yugurib kelgan fermer holatni koʻrib, boshi qotdi. “Eshagim qarib qolgandi, baribir koʻpga bormaydi. Yoshrogʻini sotib olishni oʻylab yurgandim. Quduq esa qurib qolgan. Bu joyni koʻmib tashlab, boshqa yerdan qazimoqchi edim. Hozir koʻmib tashlasam, harom qotgan eshakning hidi tashqariga chiqmaydi, chuqurdan ham qutulaman”, deb oʻyladi u.

Fermer qoʻshnilarini yordamga chaqirdi. Kelganlar qoʻliga ketmon, kuraklarni olib, yeng shimarib ishga kirishdi. Eshak gap nimadaligini tushunib, joni boricha hangrashga tushdi. Lekin biroz oʻtib, ovozi tindi. Hamma hayron. Yana biroz tuproq tashlangach, fermer quduq ichiga razm solib, nima boʻlganini bilishga qaror qildi.

U koʻrganlaridan hayratda edi. Eshak yelkasiga tushgan tuproq uyumlarini silkinib qoqib tashlar, oyogʻi ostini tepkilab-tekislab turardi. Shunday qilib, eshak biroz vaqtdan soʻng yuqoriga chiqib oldi!..

Bu voqea hayotda boʻlganiga ishongisi kelmaydi odamning. Axir eshak farosatsizligi bilan mashhur. Hikoyani zarbulmasal sifatida qabul qilgan maʼqul. Shunda uning hikmati osonroq anglashiladi.

Kunda yoki
kunora boshimizga turli tashvishlar uyumi yogʻiladi, yelkamizga qiyinchiliklar yuki tushadi. Ana shunday paytlarda nolib, zorlanib, harakatsiz turganlar gʻam-tashvishlar ostida ezilib-koʻmilib ketadi. Doim olgʻa intilib, ogʻir oʻy-xayollarga boʻy bermaganlar esa maqsadga erishaveradi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Қай бири тўғри? Кун ора қатнайди | Kun ora qatnaydi / Кунора қатнайди | Kunora qatnaydi
  • 👍 4
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →