TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1580 3.41K
​#Soʻragan_edingiz

Paygʻambarmi yoki paygʻambar?

Paygʻambar soʻzi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik harf bilan? Bu xuddi Islom soʻzini bosh harf bilan yozishga oʻxshab ketadi.

1️⃣ Imlo qoidalariga koʻra, bu soʻz kichik harf bilan yoziladi: paygʻambarlar tarixi, Iso paygʻambar, paygʻambar yubordi, paygʻambar boʻldi.

2️⃣ Agar bu soʻz Paygʻambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamni ifoda etsa, u zotga hurmatan bosh harfda yozish kerak. Barcha islomiy nashrlarda ana shu qoidaga amal qilinadi. Bunda paygʻambar soʻzi yolgʻiz oʻzi ham, ism bilan birga ham kelishi mumkin: Paygʻambarimiz, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom.

Lekin Allohning paygʻambari birikmasida kichik harf bilan yozish toʻgʻri. Chunki bu oʻrinda paygʻambar soʻzi ism oʻrnida qoʻllanmayapti.

Paygʻambar soʻzining maʼnodoshlari – nabiy, rasul soʻzlarini ham yuqoridagi qoidalarga koʻra yozish mumkin. Lekin Rasululloh soʻzini bosh harf bilan yozish kerak. Chunki bunda musulmonlar Muhammad sollallohu alayhi va sallamni nazarda tutadilar.

Muhammad alayhissalom nazarda tutilmagan oʻrinlarda paygʻambar, nabiy va rasul soʻzlarini diniy matnlarda ham kichik harf bilan yozish kerak.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 12
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →