TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1576 3.97K
Professorning sabogʻi

Professor suv toʻldirilgan stakanni oldi va qoʻllarini oldinga uzatib, talabalardan soʻradi:

– Stakanning vazni qancha deb oʻylaysizlar?

Sinfga jon kirdi, har kim oʻzicha taxminladi.

– Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-ye, ana besh yuz gramm boʻlsin.

– Tortib koʻrmaguncha, aniq vaznini baribir bilib boʻlmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. Mening soʻramoqchi boʻlgan savolim aslida boshqa: agar idishni shu holda bir necha daqiqa ushlab tursam nima boʻladi?

– Hech narsa.

– Toʻgʻri, hech narsa boʻlmaydi, – dedi professor. – Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima oʻzgaradi?

– Qoʻllaringiz ogʻrib ketadi.

– Bir kun tutib tursam-chi?

– Qoʻllaringiz uyushib, tamom boʻladi, mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga toʻgʻri kelar.

– Kun boʻyi ushlab tursam, stakanning vazni oʻzgaradimi?

– Aslo yoʻq!

– Xoʻsh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?

– Idishni qaytarib stol ustiga qoʻying!

– Yashanglar! – yuzlariga tabassum yugurib javob berdi professor. – Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga oʻxshaydi. Agar muammolar haqida bir necha daqiqa oʻylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qiladigan boʻlsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi. Kun boʻyi shu muammolarning dardi bilan yuradigan boʻlsangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi, yaʼni toʻgʻri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida oʻylayverish biror-bir yaxshi natijaga olib kelmaydi. Bu bilan muammolarning “vazn”i ham oʻzgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yoʻli – harakat qilish. Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qoʻying. Yuragingizga yuk boʻlib tushadigan ogʻir toshlarni – qaygʻuli oʻy-xayollarni koʻtarib yurish yaramaydi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →