TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1561 4.36K
Olim boʻlish uchun...

Bir oʻsmir yigit bir olimning oldiga kelib soʻradi:

– Ustoz, sizday donishmand olim boʻlish uchun nima qilishim kerak?

Donishmand javob bermadi. Oʻspirin uning ortidan bir necha kun tinimsiz ergashib yurdi, savolini takrorlayverdi. Nihoyat olim unga “ortimdan yur!” degan ishora berdi-da, daryoga boshlab bordi. Suvga tushishdi. Shu payt donishmand oʻsmirning yelkasidan qattiq tutib, suvga botirdi. Bola bechora qutulishga ming chiranmasin, uddasidan chiqolmadi. Ozroq vaqt oʻtgach, olim uni qoʻyib yubordi. Oʻsmir oʻpkasini toʻldirib-toʻldirib nafas oldi, bir ozdan soʻng sal-pal oʻziga keldi. Shunda ustoz soʻradi:

– Bolam, suvda dimiqib turgan payting eng koʻp istagan narsang nima boʻldi?

– Havo! Faqat havoga yetishishni xohladim! – dedi oʻspirin hech ikkilanmay.

– Uning oʻrniga boylikmi, koʻngil ochishmi, kuch-qudrat yo sevgi-muhabbatmi istamadingmi? – deb soʻradi donishmand.

– Aslo yoʻq. Nafasim tugab, boʻgʻriqib ketdim, faqat havo olishnigina istadim, xolos, – dedi oʻsmir shosha-pisha.

– Olim boʻlish uchun, boʻtalogʻim, – deb soʻzida davom etdi ustoz, – xuddi ana shunday xohish kerak. Sen boshqa maqsadlarni chetga surib, faqat shu yoʻlda harakat qilishing kerak. Bu maqsad kechayu kunduz xayolingni band etishi zarur. Agar olimlikka shunday gʻayrat bilan intiladigan boʻlsang, niyatingga albatta yetishasan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →