TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1526 11.8K
Ayb kimda?

Bir kishi xotini oldingiday eshitmayotganini payqab qoldi. Bundan tashvishga tushdi, balki, qulogʻiga maxsus eshitish uskunasi taqishi kerakdir degan oʻy ham oʻtdi boshidan. Shunday mulohazalar bilan doʻxtir huzuriga yoʻl oldi. Har holda, mutaxassis bilan maslahatlashgan yaxshi-da.

Uning arzini tinglagan shifokor bir sinov usulini oʻrgatdi:

– Xotiningizdan qirq qadam narida turasiz, odatiy suhbatdagiday tovushda gapirib koʻrasiz. Agar eshitmasa, masofani oʻttiz qadamga qisqartirasiz. Yana boʻlmasa, yigirma qadam. Xullas, sizni eshitguncha yaqinlashaverasiz.

U bu tajribani oʻsha kuni oqshomdayoq qoʻllashga kirishdi. Xotini oshxonada kuymalanib yurganini koʻrgach, qirq odim nariga bordi-da:

– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz? – dedi.

Javob yoʻq. Odam masofani oʻttiz qadamga qisqartirib, savolini qaytardi:

– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?

Yana javob yoʻq. Endi yigirma metr masofada turib soʻradi:

– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?

Nahotki! Yana javob boʻlmadi-ku!

Er oshxona eshigi yaqiniga keldi-da, soʻrovini tagʻin takrorladi:

– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?

Tavba-tavba! “Nima balo, ayolimning qulogʻi tom bitganmi?!” deb oʻyladi u. Bu safar xotiniga judayam yaqin keldi:

– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?

Va nihoyat shu gal ayoli javob berdi:

– Dadajonisi, beshinchi marta qaytaryapman: osh damlayapman, osh.

Biz koʻpincha muammoni qarshimizdagi kishilardan axtaramiz. Balki, ayb oʻzimizdadir. Buni esa xayolimizga ham keltirmaymiz. Oqil odamning eng ustun jihatlardan biri boshqalarning emas, oʻzining nuqsonlari haqida mushohada yuritishi va ularni toʻgʻrilashidir.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
More from @oriftolib
  1. Oct 3, 2026Yuksak darajadagi shijoat va yuksak darajadagi mehnatsevarliksiz birorta daho boʻlishi mum…
  2. Oct 2, 2026Post #4924
  3. Oct 2, 2026“Matn ortida” klubining 12-soni 🎙 🔊 Kitobxonlikni targ‘ib etishni maqsad qilgan ushbu kl…
  4. Oct 2, 2026Agar seni urayotganga javob qaytarmasang, u qoʻling bor-yoʻqligini bilmaydi. — Adigey xalq…
  5. Oct 1, 2026Hujjatli asarni yakunlashning 3 usuli Badiiy asar yaratganda voqealar qanday tugashini old…
  6. Oct 1, 2026Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin? “Ital…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →