Nahot(ki): vergul kerak emas
Nahot va nahotki soʻzlari bilan ham vergul koʻpincha yanglish ishlatiladi. Aslida bu ikki soʻz vergul talab qilmaydi.
Nahot(ki) soʻroq, taajjub, shubha maʼnolarini bildiradi:
Nahot oʻgʻlimga oʻshandoq qattiqlikni ravo koʻrsam!
A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Nahotki yetuklikning timsoli yoʻq bus-butun?
A. Oripov, Yurtim shamoli.
📌 Demak,
Nahot shuni tushunmasang? Nahotki aytmagan boʻlsa? ✅
Nahot, shuni tushunmasang? Nahotki, aytmagan boʻlsa? ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1042
2.22K
- 👍 2
- ⚡ 1