TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1475 3.22K
Zora: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Zora yuklamasi qani endi, koshki edi maʼnolarini anglatadi. U oʻzidan keyin ham, oldin ham vergul talab qilmaydi:

Zora amirzodalar yarashishsa, juda maʼqul ish boʻlardi-da.
Mirmuhsin, Meʼmor.

– Kel, jigarim, tezroq kel. Zora biron xushxabar keltirgan boʻlsang, – dedi Oynagul Farhodga.
A. Hakimov, Ilon izidan.

Zora soʻzi qoʻshma gaplar yoki kirish gaplar tarkibida kelganida undan oldin vergul qoʻyilishi mumkin. Lekin bu holatda vergul ushbu yuklama sababli emas, ikki sodda gapni yoki kirish gapni ajratish uchun qoʻyiladi:

Piyoda yuray, zora dilim yozilsa, degan oʻy bilan yoʻlka boʻylab sekin odimladi.
M. Xayrullayev.

Bu yuklamaning zora-mora va zoraki shakllari ham uchraydi. Har ikki shakl ham vergul talab qilmaydi:

Akamdan darak soʻrayin, zora-mora biron darak topsam.
N. Safarov, Tanlangan asarlar.

Mening yoʻqlab kelganimni koʻrsa, dalda boʻladigan biron soʻz aytsam, zoraki darmon boʻlsa, deb kutdim.
A. Qahhor, Ming bir jon.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →