TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1470 3.16K
Roʻyo va roʻyob

Bu ikki soʻzning aytilishi bir-biriga yaqin boʻlsa-da, kelib chiqishi tamoman boshqa-boshqa.

Roʻyo arabcha soʻz boʻlib, asliyatda koʻrish; tush koʻrish, tushda koʻrilgan narsa maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida mavjud boʻlmagan narsa, hodisa maʼnosida keladi.

Agar aldamasa shu sovuq simlar,
Gar shul eshitganim boʻlmasa roʻyo,
Sen beshik emassan, dorsan, tabiat,
Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!

A. Oripov, Yurtim shamoli.

Roʻyo soʻzi oʻzbek tilida ham tush maʼnosida qoʻllanishi mumkin. Bu soʻzning maʼnosini tushunmaslik yoki yanglish tushunish oqibatida xato jumlalar paydo boʻladi. Masalan, “Bu tushmi yoki roʻyo?” degan gap mazmunan xatodir. Jumla “Bu tushmi yo tush?” deganga oʻxshash mantiqsiz soʻroq hosil qiladi.

Roʻyob esa forschadan olingan, asliyatda suv yuzasi, sathi, maʼlum boʻlish, voqelanish maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida asosan roʻyobga chiqmoq iborasi tarkibida qoʻllanadi.

Oʻzbek tilida roʻya soʻzi ham uchraydi. U fors tilidan oʻtgan boʻlib, asliyatda ham, oʻzbekchada ham yuz, yuza, bet maʼnolarini anglatadi: hovli roʻyasi.

Oftob roʻya iborasi quyosh tushib, tegib turadigan joy yoki tomonni bildiradi.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →