TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1434 2.66K
Irmoq haqida masal

Irmoq oʻrmondan ketib borardi. Oqarkan, oʻzidan gʻururlanar, qanday tez, qanday tiniqman-a, deb oʻylardi ichida.

Boshqa hech bir irmoq bilan qoʻshilishni istamas, oʻzini eng kuchli hisoblar va oʻrmonni yolgʻiz oʻzi kesib oʻtishni oʻylardi. Toʻsatdan yoʻlida dalaga duch keldi-yu, uni yengib oʻtishga kuchi yetmadi, yoyilib, tuproqqa singib ketdi.

Irmoq yerosti suv yoʻliga tushib, loyqalandi, balchiqlarga aralashib oqdi. Nihoyat daryoga yetib bordi va unga nolishni boshladi: “Agar anavi dala yoʻlimga toʻgʻanoq boʻlmaganida, men oʻzim allaqachon ulkan daryoga aylangan boʻlardim!”

Bu gapni eshitgan daryo ogʻir chayqaldi va dedi: “Eh, ahmoq irmoqcha-ya! Sening yerga shimilib, bunday loyqa holga kelishingda dalaning nima aybi bor? Bilib qoʻy, birovlarni mensimaydigan, boshqalarga ayb yuklaydiganlar hech qachon daryoga aylana olmaydi!”

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →