TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1383 2.65K
Ishonchsiz qushcha

Bir koʻlda oqqushlar galasi yashardi. Kuz yaqinlab, janubga uchadigan boʻlishdi. Safarga tayyorlanayotgan paytlarida kichkina bir bechora qushcha uchib keldi va dedi:

– Ming afsus! Sizlar janubga ketasizlar, men boʻlsam mana shu yerlarda muzlab oʻlishga majburman.

– Qaygʻuga botma, – deyishdi oqqushlar, – seni oʻzimiz bilan birga olib ketamiz.

– Ming afsus, – dedi gʻarib qushcha, – sizlarda ulkan tumshuqlar bor, oziqni oson topasizlar. Men och qolib ketaman.

– Yoʻlda senga ovqat beramiz, – deb uni tinchlantirishdi katta qushlar.

– Ming afsus! Sizlarning qanotlaringiz katta, men yoʻlda charchab qolaman, – deb tashvishga tushdi mayda qush.

– Charchaydigan boʻlsang, seni mingashtirib olamiz, – deb taskin berishdi oqqushlar.

– Ming afsus... – deb qushcha yana soʻz boshlagan edi, oqqushlar uning soʻzini boʻlib qoʻyishdi.

– Bor-ye, – deyishdi ular. Keyin uning mingʻirlashlariga quloq solmay janubga qarab uchib ketishdi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →